Akkauntni o‘chirish
Yangilangan: 14.10.2026
Vostok Taxi yo‘lovchi va haydovchi ilovalarida akkauntingizni istalgan vaqtda o‘zingiz o‘chirishingiz mumkin. Bu sahifada buni qanday qilish, nimalar o‘chirilishi va nimalar saqlanishi tushuntirilgan.
Ilovada o‘chirish
- Ilovaga kiring.
- Yo‘lovchi ilovasida: Menyu → Sozlamalar → «Akkauntni o‘chirish». Haydovchi ilovasida: Profil → Sozlamalar → «Akkauntni o‘chirish».
- Ekrandagi ma’lumot bilan tanishing va o‘chirishni tasdiqlang. Yo‘lovchi akkauntdagi telefon raqamiga yuborilgan kod bilan, haydovchi esa kirish paroli bilan tasdiqlaydi.
Tasdiqlangach akkaunt darhol o‘chiriladi. Uni tiklab bo‘lmaydi.
Ilovaga kira olmasangiz
Dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling: 1425 yoki +998 55 202 14 25. Akkaunt sizga tegishli ekanini tekshirish uchun akkauntdagi raqamga qayta qo‘ng‘iroq qilamiz, shundan so‘ng akkaunt o‘chiriladi.
Nimalar o‘chiriladi
- ism, telefon raqami, tug‘ilgan sana, jins va elektron pochta;
- profil rasmi va haydovchi hujjatlarining nusxalari;
- saqlangan manzillar va to‘lov kartalari;
- bildirishnomalar, kirish seanslari va qurilmalar;
- haydovchining joylashuv tarixi.
Nimalar saqlanadi
Qonunchilik va buxgalteriya hisobi talablariga ko‘ra quyidagi yozuvlar saqlanadi: safarlar tarixi, to‘lovlar, haydovchining hisob harakatlari va pul yechish so‘rovlari. Ular endi sizning ismingiz yoki telefon raqamingiz bilan bog‘lanmaydi.
Dispetcherlik xizmatiga qilingan qo‘ng‘iroqlar yozuvlari va qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan yozishmalar ham telefon raqamingizsiz saqlanadi.
Qachon o‘chirib bo‘lmaydi
- faol safar bo‘lsa — avval uni yakunlang yoki bekor qiling;
- haydovchi onlayn bo‘lsa — avval oflayn rejimga o‘ting;
- haydovchining ko‘rib chiqilayotgan pul yechish so‘rovi yoki balansida mablag‘i bo‘lsa — avval pulni yechib oling.
Yo‘lovchining keshbek balansi akkaunt bilan birga o‘chiriladi va qaytarilmaydi.
Qayta ro‘yxatdan o‘tish
Akkaunt o‘chirilgandan so‘ng xuddi shu telefon raqami bilan yangi akkaunt ochish mumkin. Eski akkauntning ma’lumotlari unga o‘tmaydi.

