VOSTOK TAXIMarhamat · Andijon
UZUZ RURU
1425
Andijon viloyati · Marhamat

Marhamatda taksi
bir qo‘ng‘iroqda

1425 ga qo‘ng‘iroq qiling yoki ilovada buyurtma bering. Narxni oldindan bilasiz, mashina qayerda kelayotganini esa xaritadan ko‘rib turasiz.

Taksi buyurtma qilish
yoki qo‘ng‘iroq qiling: 1425

Ilovani yuklab oling

1425 Taksi chaqirish raqami
A → B Narx yo‘lga chiqmasdan ma’lum
A B
Safar davom etmoqda
Navoiy ko‘chasi, 14
Markaziy bozor
Chevrolet Cobalt Oq · 60 A 123 BC
Jahongir Aliev Buyurtma qabul qilindi
Qisqa raqam 1425 +998 55 202 14 25
01

Nega Vostok

Narx oldindan ma’lum Manzilni kiritishingiz bilan narx chiqadi. Kutish va shahar tashqarisiga chiqish tarif bo‘yicha alohida hisoblanadi.
Mashina xaritada Haydovchi buyurtmani qabul qilgach, mashina qayerda kelayotganini ilovada ko‘rasiz. Ko‘chaga oldindan chiqib turish shart emas.
Tekshirilgan haydovchilar Har bir haydovchining hujjatlari va mashinasini liniyaga chiqishidan oldin tekshiramiz.
Keshbek Safar haqining bir qismi hisobingizga qaytadi. Keyingi buyurtmada shu pul bilan to‘laysiz.
02

Tariflar

Narxlar Marhamat ichidagi safarlar uchun. Shahar tashqarisiga yursangiz, qo‘shimcha haqni buyurtma berishdan oldin ko‘rasiz.
KUNDALIK
Standart Har kungi yo‘l uchun: ishga, bozorga, mehmonga. Narxi hamyonbop.
Boshlang‘ich narx2 300 сум
Har bir km uchun2 300 сум/км
Komfort Kengroq salon, ravon yurish. Uzoqroq yo‘lga yoki oila bilan chiqqanda qulay.
Boshlang‘ich narx3 000 сум
Har bir km uchun2 500 сум/км
Ayol haydovchi Rulda ayol haydovchi. Ayollar, qizlar va bolali yo‘lovchilar uchun xotirjam safar.
Boshlang‘ich narx5 000 сум
Har bir km uchun2 600 сум/км
Premium Muhim uchrashuv, to‘y yoki mehmon kutib olish uchun — ko‘rkam va shinam avtomobil.
Boshlang‘ich narx9 000 сум
Har bir km uchun3 500 сум/км
Yetkazib berish Hujjat, kalit, kichik xarid yoki jo‘natmani aytilgan manzilga eltib beramiz — o‘zingiz borishingiz shart emas.
Boshlang‘ich narx 8 000 сум
Yuk tashish Mebel, maishiy texnika yoki ko‘chish uchun. Yukingizga qarab mashina hajmini tanlaysiz.
Kuzov hajmi S / M / L
03

Marhamat bo‘ylab ishlaymiz

Marhamatning istalgan mahallasidan chaqiring. Shahar tashqarisiga ham olib boramiz — qo‘shimcha haqni buyurtmadan oldin ko‘rasiz.

—Hozir onlayn
—Bo‘sh
1425Qisqa raqam
Marhamat shahri va tumani Oddiy tarif bo‘yicha
Tumandan tashqari Qo‘shimcha haq bilan
Buyurtma berish 1425 yoki ilova orqali
MarhamatYangihayot Mashinalar onlayn © OpenStreetMap

Xaritadagi mashinalar harakati — namuna. Onlayn mashinalar soni alohida ko‘rsatilgan.

Tez orada

Tez orada sizning hududingizdamiz

Marhamatdan boshladik. Qo‘shni hududlarga bosqichma-bosqich chiqamiz — yangi hudud ochilganda shu yerda e’lon qilamiz.

  • Hozir Marhamat bo‘ylab ishlayapmiz
  • Tez orada Qo‘shni hududlar

Yangi hududlar hali ochilmagan. Hozircha taksini Marhamat bo‘ylab chaqirasiz.

Tez orada Marhamat
04

Ilovada buyurtma bering

Qo‘ng‘iroq qilishga qulay bo‘lmasa, ilovadan chaqiring: manzil, tarif — va narx darhol ko‘rinadi. Kim kelayotgani ham ekranda.

  1. A → B Qayerdan va qayerga — yozing yoki xaritada belgilang
  2. Tarif O‘zingizga mos tarifni tanlang
  3. Yo‘l va narx Yo‘l xaritada chiziladi, narx buyurtmadan oldin ko‘rinadi
  4. Qidiruv Yaqin atrofdagi haydovchini qidiramiz
  5. Haydovchi Haydovchi qabul qiladi — mashinani xaritada kuzatasiz

Ilovani yuklab oling

A B
Qayerga boramiz? Tarif Yo‘l va narx Yaqin haydovchini topyapmiz Haydovchi topildi Safar davom etmoqda Manzilga yetdingiz
Navoiy ko‘chasi, 14
Markaziy bozor
Chevrolet Cobalt Oq · 60 A 123 BC
05

Kim bilan ketayotganingizni bilasiz

Kim kelayotgani ma’lum Haydovchi buyurtmani olishi bilan uning ismi, mashina rusumi, rangi va raqami ekranda chiqadi.
Yo‘l xaritada Safar davomida qayerda ketayotganingizni xaritada ko‘rib borasiz.
Yordam yoningizda Biror narsa ko‘nglingizdagidek bo‘lmasa, ilovadan yozing yoki 1425 ga qo‘ng‘iroq qiling.
Har safarga baho Safar tugagach haydovchiga baho qo‘yasiz. Baholarni kuzatib boramiz.
06

O‘z mashinangizda ishlang

Mashinangiz bo‘lsa, biz bilan ishlang. Buyurtmalar Vostok Driver ilovasiga keladi, daromadingiz va safarlar tarixi ham o‘sha yerda.

Ariza topshirish 1425 ga qo‘ng‘iroq
Ariza Saytda ariza qoldiring — o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.
Hujjatlar Haydovchilik guvohnomangiz va mashina hujjatlarini ko‘rib chiqamiz.
Ilova Hammasi joyida bo‘lsa, Vostok Driver ilovasiga kirish beramiz.
Liniya Liniyaga chiqasiz va buyurtma ola boshlaysiz.
07

Savol-javob

Ilovasiz buyurtma bersa bo‘ladimi? Ha. 1425 ga qo‘ng‘iroq qiling va manzilni ayting — dispetcher mashina yuboradi.
Narx qanday hisoblanadi? Tarif va masofaga qarab, birinchi kilometrdan — buyurtma berishingizdan oldin. Bepul kutish vaqti tugasa, kutish haqi qo‘shiladi; tumandan tashqarida esa chegaradan keyingi birinchi metrdan qo‘shimcha haq olinadi.
Qanday to‘layman? To‘lov usulini buyurtmadan oldin ilovada tanlaysiz. Naqd pulni safar oxirida haydovchiga berasiz.
Shahar tashqarisiga olib borasizmi? Ha. Qo‘shimcha haq tuman chegarasidan keyingi birinchi metrdan hisoblanadi va buyurtmadan oldin narxda ko‘rinadi.
Buyurtmani bekor qilsa bo‘ladimi? Ha, safar boshlanguncha — ilovada yoki 1425 orqali.
Mashinada narsam qolib ketdi. Nima qilay? Ilovadagi safarlar tarixidan o‘sha safarni toping va yordam xizmatiga yozing. Yoki 1425 ga qo‘ng‘iroq qiling.

Tez orada ishga tushadi.

HAYDOVCHI ARIZASI

Haydovchi bo‘lmoqchimisiz?

Ismingiz, familiyangiz va telefon raqamingizni qoldiring. Qo‘ng‘iroq qilib, nimadan boshlashni tushuntiramiz.